"Inter" armanistonlik futbolchi bilan yangi bitim imzolaydi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2023, 21:50
Genrix Mxitaryan "Inter" bilan shartnomasini yangilaydi.

34 yoshli armanistonlik yaqin vaqt ichida klub bilan yangi bitimga imzo chekadi. Bu shartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan. Tomonlar bir necha hafta avval kelishib bo'lishgan, endi buni qozog'ga ko'chirish qoldi.

Oldinroq, Saudiya Arabistoni klublaridan biri yarim himoyachi agenti bilan bog'lanib, "Inter"dan ikki baravar ko'p maoshli bitim taklif qilgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano