

Lionel Messi uzoq kutilgan JCH g'olibligini nishonladi. Lionel Qatardagi mundialda bir qator rekordlarni yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Messi endi futbol tashqarisidagi rekordni yangilashga yaqin turibdi. Argentinalik forvard Instagram ijtimoiy tarmog'ida eng ko'p LAYK yiqqan 2ta suratdan bittasini "taslim" etdi. Bir kun avval tarmoqda eng ko'p layk yiqqan suratlar reytingi quyidagicha edi:
1. Tuxum - 56 mln. layk
2. Krishtianu Ronaldu (Messi bilan Lui Vitton uchun tushgan surati) - 42 mln. layk.


Messining jahon chempioniga aylanganini aks ettirgan surat hozirga qadar 47. mln. layk yig'ib, Ronalduning postidan o'zib ketdi. Surat shu tempda layk yig'ishda davom etsa, tez orada TUXUM ham mag'lubiyatga uchraydi.




