Ikromjon Aliboev "Kanvon"ni tark etdi

Mirjalol Normatov
24 dek 2023
Ikromjon Aliboev erkin agentga aylandi.

"Kanvon" klubi matbuot xizmati hamyurtimiz jamoa bilan hayrlashganini ma'lum qildi.

"Klub Aliboevni hech qachon unutmaydi. Uning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

Ikromjon Aliboev ushbu mavsumda barcha turnirlarda 29 o'yinda maydonga tushib, 1tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/gangwon_fc/

O'xshash yangiliklar