Ikrom Aliboev: "Har kim ko'rpani o'zi tomonga tortaversa, u yirtilib ketadi"

Iskandarov Abdulaziz
26 noya 2025
Xabaringiz bor, "Neftchi" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev saytimizga intervyu berdi.

Futbolchi suhbat davomida jamoadagi ichki muhit haqida ham to'xtalib o'tdi. 

"Jamoani ichida futbolchilarning barchasi yangi, yulduzlar jamlandi. Oldin chempion bo'lib yurgan yigitlar. Boshida biroz qiyin bo'ldi. Lekin tushunib etdikki, agar ko'rpani har kim o'z tomoniga tortaversa, u yirtilib ketadi. O'rtasi ochilgach, yopib bo'lmaydi. Hammasi o'z iziga tushib, mavsum yakunida jamoamiz ahil ko'rinishga keldi. Hammada bir-biriga mehr uyg'ondi, shuni hisobiga chempionlikni qo'lga kiritdik",- deydi Ikrom Aliboev.




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia