

Eldorbek Suyunov va Sherzod A'zamov ajoyib natijani qayd etdi. Gap shundaki, bu ikki do'st "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Qarshining "Nasaf" jamoasida o'zaro birgalikda 7 yilni o'tkazgan futbolchilar O'zbekiston chempionatining kumush hamda 6 marotaba bronza medallariga egalik qilishgan. Shuningdek, O'zbekiston kubogi va O'zbekiston superkubogida g'olib chiqishgan. Xalqaro miqiyosida esa klublar o'rtasidagi OFK Kubogi bosh sovriniga 2011 yili "Nasaf" bilan birgalikda ega chiqqan Suyunov va A'zamov joriy mavsum o'z faoliyatida ilk marotaba O'zbekiston chempionligiga ham erishdi. Shuningdek, tarixda ilk bor o'tkazilgan Liga Kubogi g'olibiga aylandi.
Shu tariqa O'zbekistondagi barcha ehtimoliy sovrin va medallarni yutgan bu ikki do'st yutmagan Osiyoda birgina musobaqa qoldi - OCHL.
Eldorbek Suyunov va Sherzod A'zamov O'zbekiston chempioni (2019), O'zbekiston Kubogi (2015, 2019) sohibi, O'zbekiston superkubogi (2016), OFK Kubogi (2011) va Liga Kubogi (2019) g'olibiga aylandi va bunday ko'rsatkich qayd etgan dastlabki futbolchilar sanalishadi.
Shuningdek, Suyunov va A'zamov "Paxtakor" bilan barcha medallar, yani ketma-ketlikda bronza (2017), kumush (2018) va oltin (2019) medallarini qo'lga kiritishga ulgurdi. Ichki chempionatda esa 2,5 mavsumda "Paxtakor" bilan Superkubokdan boshqa barcha sovrinlarni yutishga ulgurishdi.
O'zbekiston miqiyosida barcha musobaqalar g'olibi va hamma medallarga ega chiqqan bu ikki do'st xalqaro miqiyosida ham OFK chempioni hisoblanadi. Suyunov va A'zamov erishmagan yagona cho'qqi - OCHLda esa "Paxtakor" kelasi mavsum yana ishtirok etadi.

Sherzod A'zamov ("Paxtakor" markaziy himoyachisi) erishgan yutuqlar:
O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (7) 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2) 2011, 2018
O'zbekiston chempioni: (1) 2019
O'zbekiston Kubogi sohibi: (2) 2015, 2019
O'zbekiston superkubogi sohibi: (1) 2016
Liga Kubogi sohibi: (1) 2019
OFK Kubogi chempioni: (1) 2011

Eldorbek Suyunov ("Paxtakor" darvozaboni) erishgan yutuqlar:
O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (5) 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2) 2011, 2018
O'zbekiston chempioni: (1) 2019
O'zbekiston Kubogi sohibi: (2) 2015, 2019
O'zbekiston superkubogi sohibi: (1) 2016
Liga Kubogi sohibi: (1) 2019
OFK Kubogi chempioni: (1) 2011
Eslatib o'tamiz, Shota Arveladze "Paxtakor"ga kelgach 2017 yili yozda dastlabki transfer sifatida "Nasaf"dan mazkur ikki futbolchining transferini 1 milliard evaziga sotib olgandi.

Ma'lumot o'rnida: "Paxtakor" joriy mavsum o'rtasida A'zamov va Suyunov bilan o'rtadagi shartnomani 2022 yil yakuniga qadar uzaytirdi.



