

Forvardning qaytishini uning sobiq klubi "Chelsi" istamoqda. Eslatib o'tamiz, Temmi aynan "aristokratlar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Hujumchining o'zi esa bu borada quyidagicha fikr bildirdi:
Futbolda hech qachon hech qachon dema. Hozir men faqat "Roma" haqida o'ylayapman - boshqa rejalarim yo'q. Kim biladi, balki "Roma"da yana 10 yil qolarman, ammo qolmasligim ham mumkin. Aniq bir nima deb bo'lmaydi.
Shuningdek, Abraxam transferiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" agarda Keynni sotib ololmasa, Temmiga bor e'tiborini qaratadi.



