

Muzokaralar yakunida har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirish istagida ekani ma'lum bo'ldi. Atletiko rahbariyati futbolchiga 2025/26 yilgi mavsumda uning yordamiga umid qilayotganini ma'lum qildi. Jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone 34 yoshli fransiyalik futbolchining o'yinidan juda mamnun ekanligini takidlagan.
Grizmanning o'zi ham bir nechta takliflari borligiga qaramasdan Atletikoda o'ynash niyatida ekanligini ma'lum qilgan.
Fransiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.



