Grinvud jamoasini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
28 avg 2020
"Lids" tarkibini "Arsenal" futbolchisi Sem Grinvud orqali kuchaytirib oldi.

18 yoshli futbolchining transferi rasman e'lon qilindi. O'tgan mavsumda Grinvud 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi chempionatda 22 o'yinda 6 gol urdi.

Grinvudning hisobida Angliya U-17 termasi tarkibidagi 12 gol bor.

"Lids" yaqin vaqtlar ichida Divok Origini ham transfer qilmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/LUFC