"Granada" "Real" futbolchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023
Madridning "Real" klubi himoyachisi Xesus Valexo "Granada"ga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar qildi.

26 yoshli ispaniyalik bilan ijara shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Himoyachi 2020 yilning yanvaridan 2021 yilning iyunigacha "Granada"da o'ynashga ulgurgan.

Valexo O'tgan mavsum 4 ta o'yin o'tkazib, jami 88 daqiqa maydonda harakatlandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: granadacf.es