Liga 1. PSJ mehmonda minimal hisobdagi g'alabaga erishdi

Alisher Ostonov
1 mar 2026
Liga 1 24-tur doirasidagi "Gavr" - PSJ o'yini bo'lib o'tdi.

Bredli Barkolyaning 37-daqiqadagi urgan goli o'yinda yagonaligini saqlab qoldi. Shuningdek, 79-daqiqada PSJ hujumchisi Dezire Duening 79-daqiqada penaltidan foydalana olmaganini qayd etish lozim.

PSJ Liga 1 da 24 o'yindan so'ng 57 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda, ikkinchi o'rinni 53 ochko bilan "Lans" band etgan. "Gavr" esa 26 ochko bilan o'n uchinchi o'rinda ketmoqda.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia