Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1996. "Engilmas qurol"

Tolibjon Qosimov
18 avg 2021
Shu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. Shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etib borayapmiz.

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992


JCH-1996

Mini futbol bo'yicha uchinchi Jahon chempionati 1996 yil Ispaniyada o'tkazilgan. Unda 6 qitadan 16 jamoa ishtirok etgan. G'oliblik esa uchinchi bor Braziliyaga nasib etgan. Charm to'p sehrgarlari bu safar ham raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan. Finalda brazillardan engilgan mezbonlar ikkinchi, Rossiya uchinchi, Ukraina terma jamoasi esa to'rtinchi o'rinni band etadi.

Estako Arauxo boshchiligidagi Braziliya kubokni munosib himoya qila oldi. Individual ko'rkamlik va o'z ishidan ilhomlanish Braziliyani yana bir bor engilmas qurolga aylantirdi. Bu g'alabalarda ajoyib to'rtlik - Serjino, Manoel, Finino va Vanderning hissasi katta. Birinchi bosqichda Belgiya, Kuba va Eron terma jamoalariga hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. Uch uchrashuvda 31ta gol urib, o'z darvozalaridan bor yo'g'i 5ta to'p olib chiqishdi. Ikkinchi bosqichda esa Urugvay va Niderlandiya taslim etildi. Yarim finalda Rossiya 6:2 hisobida, finalda esa Ispaniya 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Hal qiluvchi o'yinda brazillar 15500 muxlis qarshisida mezbonlarni engishdi. "Qizil furiya" o'z uyida muxlislari ishonchini oqlay olmadi.


Ushbu mundialning e'tiborga molik yana bir jihati unda Rossiya va Ukraina terma jamoalari uchinchi o'rin uchun o'zaro kurash olib borishdi. Unda ruslarning qo'llari baland keldi - 3:2.



JCH-1996, Final
08.12.1996, "Palau Sant Jordi" sport saroyi
Bosh hakam: Gautier Perri (Belgiya)
Muxlislar: 15500

Braziliya - Ispaniya 6:4
Gollar
: Danilo 8, 23, Choko 16, Marsio 18, Vander 37, Manoel Tobias 39 - Pato 16, Serjino 21 (avt.), Visentin 26, 39

Braziliya: Serjino, Marsio, Vagino, Manoel Tobias, Finino, Sandrino, Danilo, Choko, Vander.

Ispaniya: Jesus, Julio, Santi, Fran, Visentin, Pato, Lorente, J.Sanches, J.Rodriges.

Ogohlantirish: Visentin 33



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-1996
O'tkazilgan joyi
: Ispaniya
O'tkazilgan shaharlar: 4 (Mursiya, Segovia, Kastellon de la Plana, Barselona)
O'tkazilgan sanasi: 24 noyabr - 8 dekabr, 1996 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 66900 (har o'yinga 1673)
Urilgan gollar: 290 (har o'yinga 7.25ta gol)
To'purar: Manoel Tobias (Braziliya, 14ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manoel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
Chempion
- Braziliya
Ikkinchi o'rin - Ispaniya
Uchinchi o'rin - Rossiya
To'rtinchi o'rin - Ukraina


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia