Futzal. Argentina ham Toshkentga yetib keldi

Tolibjon Qosimov
11 sen 2024
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 11 sentyabr kuni Argentina milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Argentina milliy terma jamoasi delegaciyasini kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.


Eslatib o'tamiz, Argentina mundialning "S" guruhida Ukraina, Afg'oniston hamda Angolaga qarshi bahs olib boradi.


Foto  Futzal. Qo'shnilarimiz ham Toshkentga yetib kelishdi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати