Futbolda inqilob: "Al Hilol" YCHLda o'ynash istagini bildirdi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
"Al Hilol" klubi bosh direktori Esteve Kalsada Saudiya Arabistoni grandi bir kuni UEFA Chempionlar Ligasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishni orzu qilishini aytdi.

Ispaniyalik rahbarning so'zlariga ko'ra, klub Yevropa elitasiga qarshi bellashishga tayyor va xalqaro maydonda o'z salohiyatini allaqachon isbotlagan.

"Bu klubda kutilmalar juda katta. Bu yerda g'alaba - shunchaki maqsad emas, majburiyat. Bosim Yevropadagidek kuchli: natija qilish va yutish kerak. Hech qachon hech qachon demang.

UEFA Chempionlar Ligasi? Biz bunday imkoniyatga ega bo'lishni juda istardik. Dunyoning eng yaxshi klublari bilan tez-tez to'qnash kelib, o'z darajamizni ko'rsatish va global maydonda brendimizni mustahkamlashni xohlaymiz", – dedi Kalsada.

Qayd etilishicha, ilgari "Barselona" va "Manchester Siti"da ishlagan Kalsada so'nggi ikki yildan buyon "Al Hilol"ni boshqarib kelyapti. U Ar-Riyoddagi loyihani jahon futbolining eng istiqbollilaridan biri deb ataydi va klubning moliyaviy imkoniyatlarini Yevropaning yetakchi yigirma klubi bilan taqqoslaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS