Futbolchilarimiz Osiyo chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng nimalar dedi?

Абдулвосит Бектемиров
6 iyul 2025, 16:35
O'zbekiston ayollar terma jamoasi a'zolari Nepalga qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

"O'yin qiyin kechishini bilgandik. Birinchi taymda urgan gollarimiz qo'l keldi. Qizil kartochkadan so'ng esa himoyalanishga majbur bo'ldik. Tarixiy lahzada barchani tabriklamoqchiman. Qizil kartochkadan so'ng maydon markazini boy berib qo'ydik. Shu sababli ko'p to'plarni yo'qotdik" - deya fikr bildirdi Lyudmila Karachik Osiyo Chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritilganidan so'ng.




"O'yin o'ta qiyin kechdi. Keraksiz chetlatish bo'ldi. Bizning asosiy vazifamiz shunchaki gol o'tkazib yubormaslik edi. Biz esa ikkita gol o'tkazib yubordik. Keyin esa penaltilar seriyasi. Biz penaltilar seriyasida g'alaba qozonishimizga ishonchim komil edi. Qizil kartochkadan so'ng o'yin keskin o'zgarib ketdi. Biz himoyalanishga majbur bo'ldik. Osiyo chempionatida ham o'zimizni namoyish etishimiz kerak" - deya fikr bildirdi Leyla Oraniyazova Osiyo Chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritilganidan so'ng.


Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so'ng Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

O'zbekiston terma jamoasi Nepalni penaltilar seriyasida mag'lub etib, 23 yillik tanaffusdan so'ng Osiyo chempionatiga chiqdi



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia