Foden murabbiy bo'lishni xohlaydi

Alisher Ostonov
21 iyun 2025
"Manchester Siti" hujumchisi Fil Foden kelajakda bolalarni shug'ullantirmoqchi ekanini tan oldi.

"Bir kun kelib murabbiy bo'lib, akademiyada yosh yigitlarga ustozlik qilmoqchiman. Odamlarga yordam berish va ularni yaxshiroq qilish menga yoqadi", - dedi Foden.

Foden "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg'ol qildi va ettita assist muallifiga aylandi. 25 yoshli Fodenning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt futbolchining narxini 100 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: City Xtra