FNL. Galiulin zaxiradan maydonga tushgan bahsda “Nefteximik” mag'lubiyatga uchradi

Eldor Akmurzayev
8 avg 2020, 20:25
RPLdan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaning 2020/21 yilgi mavsumidan o'rin olgan 2-tur bahslari bo'lib o'tmoqda.

Vagiz Galiulin harakat qilayotgan “Nefteximik” safarda “Orenburg” bilan o'ynadi va minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Vagiz 61-daqiqada hujumchi Aleksandr Yushin o'rniga maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, “Nefteximik” keyingi turni 12 avgust kuni o'z maydonida “Enisey”ga qarshi o'tkazazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Orenburg – Nefteximik 1:0 (1:0, 0:0)

16.00, Gazovik

Gol: 1:0 – 32 Kulishev.

Orenburg – Alvesh, Ayupov, Kaplenko, Klimovich, Kozlov, Kulishev (Skvorcov), Malix, Sivakov, Famee (Shkoflek), Shaxov (Chukanov). 

Nefteximik – Golubev, Kanaev, Klenkin (Zemskov), Lelyukaev (Kaykov), Petrov, Potapov, Semenov, Uridiya, Shadrin (Kotik), Shiryaev, Yushin (Vagiz Galiulin, 61).



 TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia