Florian Virtcga Angliyadan yana bir xaridor paydo bo'ldi

Administrator
14 may 2025, 23:25
Florian Virtc "Liverpul"ning e'tiborini tortdi.

Avvalroq "Bayer" yarim himoyachisi "Bavariya"ga o'tish bo'yicha klub bilan kelishib olgani, ammo "Manchester Siti" ham uning transferi uchun taklif kiritgani ma'lum bo'lgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, kecha 22 yoshli futbolchi Angliyada "shaharliklar" bilan muzokaralar olib bordi.

Bild jurnalisti Kristian Falkning ma'lum qilishicha, o'yinchi kecha nafaqat "Manchester Siti", balki "Liverpul" vakillari bilan ham suhbatlashgan. Mersisaydliklar Virtcni transfer qilish 100 million evrodan ortiqroqqa tushishini tushunib turibdi. "Bayer" esa taxminan 150 million evro olishni xohlayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, "Liverpul" uchun boshqa poziciyalarni, ayniqsa hujum markazini kuchaytirish ustuvor vazifa sanaladi.

Takidlanishicha, "Bavariya" transfer uchun taxminan 100 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Nemis klubi Virtc og'zaki kelishga amal qilishiga ishonmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: Bild