Flik vada berdi

Mirjalol Normatov
3 okt 2025, 09:09
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik muxlislarga jamoasi YCHL bosh sovrini uchun kurashishini vada qildi.

Kecha Kataloniya klubi YCHL umumiy guruh bosqichi 2-turida PSJga yutqazdi, 1:2.

"Bavariya"dagi eng o'zgacha kunim - YCHLni yutgan kunim hisoblanadi. Bu juda yoqimli holat edi. "Barselona"da ham barcha shuni istamoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham ushbu sovrinni yutishga harakat qilamiz. Oson bo'lmasligini bilaman, lekin biz kurashishimizga vada beraman", - dedi Flik.

Germaniyalik mutaxassis 2019-2021 yillar davomida "Bavariya"ni boshqargan. 2019/20 yilgi mavsumda u Myunxen klubi bilan YCHL sovriniga ega chiqqan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es