Flik: "Men ko'rmoqchi bo'lgan narsa shu edi"

Khoja
23 fev 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga 25-turida "Levante" ustidan 3:0 hisobidagi g'alaba ortidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Bu g'alaba katalonliklarga "Real"ni ortda qoldirib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni egallash imkonini berdi.

"Menimcha, o'yinni yaxshi boshlash uchun bizga ozgina vaqt kerak bo'ldi, lekin ikki mag'lubiyatdan keyin bu normal holat. Bu yaxshi o'yin bo'ldi, biz yaxshi o'ynadik va darvozamizni quruq saqladik.

Muvaffaqiyatsiz davrdan chiqish oson emas, lekin bugun nihoyat yaxshi javob berdik va bu men ko'rmoqchi bo'lgan narsa edi. O'yinga kirish uchun bir necha daqiqa kerak bo'ldi, lekin g'alaba haqli edi", - dedi Flik.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru