Firdavs Asadov “Qo'qon-1912” ko'rigida

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2018
Ayni damda Toshkent o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz berayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.

“Shunqorlar” jamoaning ikki nafar hujumchisi Igor Taran va Bahodir Pardaev bilan xayrlashishni maqul topgandi. Bosh murabbiy No'mon Hasanov yaqinda oldingi chiziqdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida Firdavs Asadovni taklif etdi. 25 yoshli futbolchi joriy mavsum PRO-Ligada “Labsa” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Hozircha Asadov ko'rikdan o'tmoqda. Agarda uning xatti-xarakatlari murabbiylarni qoniqtirsa Firdavs ikkinchi davrani Superliga klubida o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia