FIFPro yil ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2024
FIFPro yil jamoasi tarkibini e'lon qildi.

Yil ramziy terma jamoasi uchun 3-4-3 sxemasi tanlandi. Tarkib 21 266 nafar ishtirok etgan so'rovnoma orqali aniqlandi.


Darvozabon: Ederson (Manchester Siti);


Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger (ikkisi – Real), Virjil van Deyk (Liverpul);


Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne, Rodri (ikkisi – Manchester Siti), Toni Kroos (faoliyatini yakunlagan, oldinroq – Real), Jud Bellingem (Real);


Hujumchilar: Erling Xoland (Manchester Siti), Kilian Mbappe, Vinisius Junior (ikkisi – Real). 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/FIFPRO