FIFPro FIFAni sudga bermoqchi

Sherzod Nurmatov
10 may 2024
Futbolchilar taqvimdan norozi.

Xalqaro professional futbolchilar federatsiyasi (FIFPro) taqvim yuzasidan FIFAni sudga bermoqchi, deb xabar bermoqda VVS.

Qayd etilishicha, FIFPro FIFAning 2025 yildan boshlab klublar o'rtasidagi Jahon chempionati formatini 32 ta jamoagacha kengaytirish istagidan norozi. Federatsiyaga ko'ra, joriy taqvim sog'lom fikr doirasidan chiqib ketgan, qita turnirlari va terma jamoalar o'yinlari tufayli milliy chempionatlarni o'tkazish tobora qiyinlashib bormoqda. Shu sababli o'yinchilarning jarohatga moyillishi oshib ketgan.

FIFA hali FIFPro davolariga javob bermadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ВВС