

"Ispaniya - boshqa jamoalar qatorida asosiy favoritlardan biri. Biz bu terma jamoa qanchalik kuchli ekanini yaxshi bilamiz.
Terma jamoalar reytingida yetakchilik qilayotgan mamlakat har doim Jahon chempionati favoriti sifatida qaralishi kerak", – deya Infantinoning so'zlarini keltirdi "AS" nashri.
Qur'a natijasiga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi "H" guruhiga tushdi va u yerda Kabo-Verde, Urugvay hamda Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o'ynaydi.
2026 yilgi Jahon chempionati yoz faslida - 11 iyundan 19 iyulgacha, bir vaqtning o'zida uch davlatda – AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.



