Fernandesh “Manchester Yunayted” qarorgohiga keldi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2020
Xabaringiz bor, kecha MYU rasmiy sayti orqali “Sporting” yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning transferini e'lon qildi.

U bugun tibbiy ko'rik o'tish hamda shartnomaga imzo chekish uchun Manchester shahriga keldi. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi "qizil iblislar" tarkibida 18-raqam ostida o'ynaydi. Uning taqdimot marosimi esa yaqin vaqtlar ichida bo'lib o'tadi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia