Falkao faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

Alisher
1 sen 2021
"Galatasaroy" hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

35 yoshli kolumbiyalik futbolchi erkin agent maqomida "Rayo Valekano" bilan shartnoma imzolaydi.

U bir yilga mo'ljallanadi va bitimda uni bir mavsumga uzaytirish mumkinligi borasida band bo'ladi.

Falkao 2019 yilning sentyabridan beri "Galatasaroy" klubida harakat qilayotgan edi.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS