Falkao 8 yildan keyin Ispaniya chempionatiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2021
"Galatasaroy" bilan shartnomasini bekor qilgan Radamel Falkao "Rayo Valekano" futbolchisiga aylandi.

Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

35 yoshli hujumchi bilan bir mavsumlik kelishuvga erishildi.

"Xush kelibsan, Radamel!", – deyiladi "Rayo Valekano" xabarida.

U Turkiya klubida 43 o'yin o'tkazib, 20 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Rayo Valekano" Ispaniya chempionatini ketma-ket 2 ta mag'lubiyat va 1 ta g'alaba bilan boshladi – "Sevilya" (0:3) va "Real Sosedad" (0:1), "Granada" (4:0).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rayovallecano.es