Fabregas: "Messi 40 yoshga qadar o'ynashi mumkin"

Alisher
14 dek 2019
"Monako" yarim himoyachisi Fransesk Fabregas sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Messi og'ir mentalitetga ega bo'lgan futbolchi. U hali maydonda o'zini ko'rar ekan, o'ynashda davom etadi. U shu darajasi bilan 40 yoshiga qadar o'ynashi mumkin.

Messining "La Masiya"ga kelgan kunini eslayman. U kam gapirardi, ammo uni o'yinda to'xtatib qolishning iloji yo'q edi", - deydi Fabregas.

Eslatib o'tamiz, Fabregas 2011-2014 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: sport.es