Yevropa Ligasiga qur'a tashlandi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025
Yevropa Ligasi qur'a tashlash marosimi avtomatlashtirilgan texnologiya yordamida to'liq raqamli tarzda o'tkazildi.

Umumiy bosqichda 36 ta jamoa ishtirok etadi.

Yevropa Ligasining asosiy bosqichi 2025 yilning sentyabridan 2026 yilning mayiga qadar bo'lib o'tadi.

Final o'yini 2026 yilning 20 may kuni Istanbuldagi "Beshiktosh" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Turnir g'olibi avtomatik ravishda UEFA Chempionlar Ligasining 2026/27 yilgi umumiy bosqichiga yo'llanma oladi. Chempion Chempionlar Ligasi g'olibi bilan Superkubokda o'ynash huquqini ham qo'lga kiritadi.


Yevropa Ligasi asosiy bosqichining 1-turi 24 va 25 sentyabr kunlari, yakuniy – 8-tur 29 yanvar kuni o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia