Eshitdik-da! O'zbekiston Laosga charter reysda borib keladi

Alisher
13 okt 2024
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida noyabr oyida KXDR bilan o'ynaydi.

Saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabariga ko'ra, o'yin Laos davlatida bo'lib o'tadi va O'zbekiston terma jamoasi ushbu mamlakatga charter reys bilan borib keladi.

14 noyabr kuni Qatarga qarshi Doxada maydonga tushadigan terma jamoamiz Doxadan Laosga chartyerda uchadi va 19 noyabr kuni KXDRga qarshi o'ynab, xuddi o'sha chartyerda Toshkentga uchib keladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia