Eshitdik-da! O'FAda Bosh kotib o'zgaradi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2024, 14:34
Bugun futzal va sohil futboli uchun javobgar alohida federatsiya ochilishi haqida xabar chiqdi.

Ayni vaqtda O'FA tegishli tartibda uni tashkil etish va davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirmoqda. 

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov yangi tashkil etilayotgan futzal va sohil futboli federatsiyasi Bosh kotibi bo'ladi. O'FA Bosh kotibi lavozimiga esa bungacha O'zbekiston futbolchilar uyushmasiga rahbarlik qilib kelgan Kamoliddin Murzoev tayinlanishi kutilmoqda. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia