

U fransiyalik mutaxassis Erve Renarning o'rnini egalladi. O'z navbatida Renar Marokash futbol federatsiyasi tomonidan iste'foga chiqarilganidan so'ng, Saudiya Arabistoni terma jamoasining boshqaruviga kelgandi.
Avvalroq, Halilxojich Osiyoda Yaponiyaning bosh jamoasida (2015-2018) faoliyat olib borgan bo'lib, uning so'nggi ish joyi Nant bo'ldi. 66 yoshli mutaxassis rahbariyat bilan transferlar borasida til topisha olmagani uchun klubni tark etgani ma'lum qilinmoqda.



