Erik ten Xag o'ziga yangi ish topdi

Administrator
7 yanv 2026
Erik ten Xag "Tvente"ning texnik direktori bo'ladi.

"Ayaks" va MYU klublarining sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag "Tvente" klubining texnik direktori etib tayinlandi. U 1 fevraldan klubga qo'shiladi va 2028 yil yozigacha shartnoma imzolaydi. 2026/27-yilgi mavsumdan boshlab ten Xag avvalroq iste'foga chiqishini e'lon qilgan amaldagi texnik direktor Yan Shtrayerning o'rnini egallaydi.


Ten Xag "Tvente" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 1989-1990 va 1996-2002 yillarda klubning asosiy jamoasida to'p surgan. Keyinchalik u shu klubda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ten Xagning so'nggi ish joyi "Bayer" edi, u 2025 yil sentyabrida ushbu jamoani tark etgan.


AdministratorMuallif
Manba: fctwente.nl