Elit OCHL. "Al Garafa" - "Paxtakor": Jamoalar qanday rangli libosda o'ynaydi?

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025, 18:50
4 fevral kuni "Paxtakor" safarda "Al Garafa"ga qarshi Elit Chempionlar Ligasi 7-tur o'yinida maydonga tushadi.

Qatarda bo'lib o'tadigan bellashuvda mezbonlar sariq rangli liboslarda harakat qilsa, toshkentliklar oq-ko'k rangdagi futbolkalarda maydonga tushadi. 

Eslatib o'tamiz, 6 uchrashuvda 4 ochko jamg'argan "Paxtakor" 9-pog'onani band etib turibdi. "Al Garafa" hisobida ham xuddi shuncha ochko bor va faqatgina qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga qatarliklar 10-o'rinni egallab turibdi.  

"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Bizni yaxshi darajadagi raqib bilan keskin o'yin kutmoqda"

"Al Garafa" - "Paxtakor". O'zaro o'yinlarda ustunlik Qatar klubida 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia