

Oldindagi o'yinlar oldidan sobiq futbolchi Zohir Pirimov fikrlarini bildirdi.
"Nasaf" - "Buxoro"
Bu o'yinda "Buxoro" ko'proq qarshi hujumlarga tayanib o'ynasa kerak. "Nasaf" esa har qanday holatda bo'lmasin, birinchi raqam bo'lib o'ynaydi. Bu o'yinda "Nasaf"ga ozroq ustunlik bergan bo'lardim.
"Paxtakor" - "Mashal"
"Paxtakor" - favorit va hozirga kelib ancha yaxshi formaga tushib oldi. Jamoa hozir ko'tarinki ruhda. Tarkiblar borasida ham ancha farq bor. "Mashal" bu o'yinda chuqur himoyalanib, qarshi hujumda imkoniyatini kutadi, deb o'ylayman.
Qizilqum - So'g'diyona
Bu o'yinda bitta gol hammasini hal qilishi mumkin. Standart vaziyatlar ham katta rol o'ynaydi, balki durang natija ham kutsak bo'ladi.



