YCHL 1/16 final o'yinlari jadvali: "Real" "Benfika" bilan qachon o'ynaydi?

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026, 12:46
30 yanvar kuni UEFA qarorgohida Chempionlar Ligasi 1/16 final juftliklari aniqlandi.

Mazkur bosqich uchrashuvlari taqvimini tuzish uchun mas'ul organlarga ko'p vaqt talab etilmadi.

Albatta, asosiy qarama-qarshiliklardan biri "Benfika" va "Real" o'rtasidagi bahs bo'ladi. Ushbu o'yinlar 17, 25 fevral kunlari bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. 

To'liq taqvim quyidagicha:

"Galatasaroy" – "Yuventus"

Birinchi o'yin - 17.02, 22:45

Javob o'yini - 25.02, 01:00

"Monako" – PSJ

Birinchi o'yin - 17.02, 01:00

Javob o'yini - 25.02, 01:00

"Borussiya D" – "Atalanta"

Birinchi o'yin - 17.02, 01:00

Javob o'yini - 25.02, 22:45

"Benfika" – "Real"

Birinchi o'yin - 17.02, 01:00

Javob o'yini - 25.02, 01:00

"Qorabog'" – "Nyukasl"

Birinchi o'yin - 18.02, 22:45

Javob o'yini - 24.02, 01:00

"Bryugge" – "Atletiko"

Birinchi o'yin - 18.02, 01:00

Javob o'yini - 24.02, 22:45

"Budyo-Glimt" – "Inter"

Birinchi o'yin - 18.02, 01:00

Javob o'yini - 24.02, 01:00

"Olimpiakos" – "Bayer"

Birinchi o'yin - 18.02, 01:00

Javob o'yini - 24.02, 01:00

Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi, pley-offning keyingi to'liq to'rini aniqlab beradigan tadbir 27 fevral kuni bo'lib o'tadi.

YCHL o'tish uchrashuvlariga qur'a tashlandi: "Real" yana Mourinyuning "Benfika"si bilan o'ynaydi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia