Dzyuba RPLda rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
20 noya 2021
"Zenit" hujumchisi Artem Dzyuba RPL 15-turi doirasida "Nijniy Novgorod" jamoasi darvozasiga 3ta gol urdi.

Bu 33 yoshli forvard uchun RPLdagi  beshinchi xet-trik hisoblanadi. Ayni damda Vagner Lav, Aleksandr Kerjakov, Oleg Garin, Dmitriy Kirichenko va Salomon Rondonlarning hisobida to'rttadan xet-trik bor.

Bunga qadar Dzyuba "Ufa", "Rostov", "Tambov" hamda "Tom" darvozalariga bir o'yinda uchtadan gol urgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru