Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Enfild"

Alisher
5 iyun 2020
Angliyaning Liverpul shahrida joylashgan dunyoning eng chiroyli stadionlaridan biri bo'lmish "Enfild"ga fotosayohat qilamiz.

Eslatib o'tamiz, kecha saytimizning rasmiy telegram kanalida 5ta stadion o'rtasida so'rovnoma o'tkazgan edik va unda "Enfild" g'olib chiqqan edi.


"Enfild" - Angliya

Klub: "Liverpul"

Ochilgan yili: 1884 yil 28 sentyabr

Arxitektor: Archibald Litch 

Sig'imi: 54 074

Stadion haqida faktlar:

- "Liverpul" klubi "Enfild"da hech kim o'ynamasligi sabab tashkil etilgan.

- Stadion 4ta tribunadan tashkil topgan: Spion Kop (Kop), Main Stand (Bosh tribuna), Centenery Stand (100 yillik tribuna), Anfield Road (Enfild-Roud)

- "Liverpul" o'yinchilari maydonga chiqishdan oldin koridorda qo'llari bilan "THIS IS ANFIELD" ("Bu "Enfild") yozuviga tegishadi. Yozuv ikki vazifani bajaradi: "Liverpul" o'yinchilariga omad keltirish va raqiblarni qo'rqitish

- 1960 yildan beri klubi madhiyasi "You'll Never Walk Alone" hisoblanadi va shu yozuv klub logotipida va Shenkli darvozasida yozilgan.

- UEFA talqiniga ko'ra, "Enfild" 4 yulduzli hisoblanadi va butun tarix davomida unda 17ta xalqaro o'yin o'tkazilgan. Jumladan Evro-96'ning 4 o'yini shu stadionda o'tkazilgan.

- "Enfild" va "Everton"ning uy stadioni hisoblangan "Gudison Park" o'rtasidagi masofa atigi 765 metrni tashkil etadi.

- Stadionda o'tkazilgan ilk o'yinda (1884 yil) "Everton" "Erlstaun"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan.

- Krishtianu Ronaldu: "Enfild"da g'alaba qozonish Angliyaning boshqa har qanday stadionlaridan ko'ra qiyinroq"

- Stiven Jerrard: "O'lganimda meni kasalxonaga olib bormang. "Enfild"ga olib boring. Men o'sha yerda tug'ilgan va o'sha yerda o'laman"

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "San-Mames" 


Siz yana qaysi stadionlarning ajoyib suratlarini toshosha qilishni istaysiz, izohlarda yozib qoldiring!


→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "San-Mames" 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia