

Superliga klublarini licenziyalash talablarida stadionlarning yoritish tizimi 1500 lyuks talab darajasida bo'lishi va o'yinlarni kechki vaqtda o'tkazish imkonini berishi shartligi belgilab qo'yilgan.
Shunga muvofiq, Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan “Dinamo” stadioniga qo'shimcha ravishda Philips brendiga tegishli yangi yoritgichlar olib kelinib, stadionga o'rnatilishi boshlandi.
Mavsum boshida klub rahbariyati tomonidan PFLga ma'lum qilinganidek, “Dinamo” 2-davradagi uy uchrashuvlarini muxlislar uchun qulay bo'lgan kechki vaqtda yangi yoritgichlar ostida o'tkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Superliga 2-davrasidagi dastlabki uy uchrashuvni 10 avgust kuni “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.




