Dilyaver Vaniev: "Andijon" xatomizdan foydalanib ketdi"

Sherzod Nurmatov
7 may 2022
Pro liga 7-turi doirasidagi "Andijon" – "Mashal" (2:1) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Tur markaziy o'yini edi. "Turon"ga qarshi o'yinda kuzatilganidek ancha vaziyatlarni ko'kka sovurdik. "Andijon" xatomizdan foydalanib ketdi. Alamli mag'lubiyatga uchradik, ruhiy jihatdan tiklanib olishimiz kerak. Batafsil ko'rib chiqib, xulosa chiqaramiz.

- Hakamlik to'g'risida qanday fikrdasiz?

- Ayrim jihatlarda hakamning fikriga qo'shilmadim. Ammo hakamlik borasida katta xatolar kuzatilmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia