Diego Kostani hamon Ispaniyada kutishmoqda

Sherzod Nurmatov
19 dek 2021, 19:03
"Atletiko Mineyro" hujumchisi Diego Kosta La Ligaga qaytishi mumkin.

33 yoshli hujumchiga "Kadis" va "Elche" qiziqish bildirmoqda, ular yanvar oyida futbolchini transfer qilish bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyor.

Kosta 2021 yilning avgustidan beri Braziliya klubida o'ynamoqda va u yerda chempionatda zafar quchdi hamda mamlakat kubogini yutishga ulgurdi. 

Forvardning "Atletiko Mineyro" bilan kelishuvi 2022 yilning dekabrigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo