

"Antverpen" jamoasi qaydnomasidan uzoq muddatli jarohatdan so'ng safga qaytgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Muhammadali O'rinboev o'rin oldi, ammo zaxirada qoldi.
O'yin esa mezbonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. G'alaba golini 32-daqiqada "Dender" yarim himoyachisi Roman Kvet urdi.
"Antverpen" Belgiya chempionatida 21 o'yindan so'ng 27 ochko bilan 8-o'rinda, "Dender" esa 16 ochko bilan so'nggi, 16-o'rinda bormoqda.





