"Dembele "Oltin to'p"ni yutib bo'lgan bo'lardi, agar..."

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024, 19:00
Jyulen Stefan PSJ vingeri Usmon Dembelening o'yini haqida gapirdi.

Kecha PSJ Fransiya Kubogi yarim finalida "Renn"ni mag'lubiyatga uchratdi (1:0).

O'yindan keyingi matbuot anmjumanida mehmonlar ustozi faoliyatini "Renn"da boshlagan Usmon Dembele haqidagi savolga javob berdi.

"Menga Usmon haqida savol berishganda, doimo uning kuchsiz tomonlarini so'rashadi. Men bunga javoban doim uning kuchli jihatlarini qayd etaman.

O'ylashimcha, u butkul o'zgacha futbolchi. Raqib himoyasidagi tartibni yo'qqa chiqarishda, dribling va bo'sh zonalar ochishda u eng zo'rlaridan biri.

Agarda u ko'proq gollar urganida "Oltin to'p" sovrinini ham yutib bo'lgan bo'larmidi... Men to'g'risini gapiryapman! PSJda birinchi darajali bombardir bor va unga bir o'zi raqib bilan farq qilib bera oladigan yigit yordam beradi", – dedi fransiyalik mutaxassis.

Joriy mavsum Usmon Dembele barcha musobaqalardagi 34 uchrashuvda 1 ta gol urdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta