Del Peroning bashoratiga atalgan mem

Eldor Akmurzayev
1 iyun 2019
Xabaringiz bor, bugun Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi Vanda Metropolitano o'yingohida YCHL 2018/19 yilgi mavsumining hal qiluvchi o'yini bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsning natijasini ko'plab futbol yulduzlari taxmin qilib ko'rishdi. Ular orasida Alessandro Del Peroning taxmini ko'pchilikni e'tiborini tortgan bo'lsa kerak. Del Pero asosiy va qo'shimcha bo'limlarda gollarga boy durang qayd etilishini hamda mersisaydliklar penaltilar seriyasida g'alaba qozonishini nazarda tutgan. To'rt sonlarini ko'rganda birinchi navbatda Arsenalning sobiq ustozi Arsen Venger ko'z oldingizga kelsa ajab emas. Shu sababdan, ko'plab futbol memlarida Vengerning eng yoqtirgan soni "4" deya kinoya qilishadi.

P.S. Bundan avvalgi mem "Liverpul"ga atalgan edi.


Akmurzaev Eldor tayyorladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia