

“Bu qaror hali qabul qilinmadi. Avgust oyidan beri biz Skandinaviya mintaqasi mamlakatlari bilan tashkilotdan chiqish masalasini muhokama qilmoqdamiz. FIFA bilan munosabatlarimizni qayta ko'rib chiqishimiz kerak", - dedi Myoller.
Shuningdek, u FIFA prezidentligiga navbatdagi saylovlarda Janni Infantino nomzodini qo'llab-quvvatlamasligini ham ta'kidladi. Xuddi shunday qaror Norvegiya futbol federatsiyasi tomonidan ham qabul qilingan.
Eslatib o'tamiz, yaqinda bosh futbol tashkiloti rahbariyati bazi jamoalarga kamalakrang bog'ichlarda JCH-2022 o'yinlariga kirishni taqiqlagandi, bu esa katta norozilikka sabab bo'ldi.



