"CA" ijodiy guruhi BAAdagi eng muxtasham stadionda FOTO

Tolibjon Qosimov
11 yanv 2019, 18:50
BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogi-2019 qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Kechadan ikkinchi tur bellashuvlariga start berilgan.



Bugun "Championat.asia" ijodiy guruhi ikkiga bo'lindi. Birinchi guruh (Kamoliddin Alimov, Xayrulla Xoliqov, Nodirxo'ja Yuldashev, Narzulla Saydullaev, Zoir Tursunboev, Jasur Aslanov) Dubayda qoldi va "Rashid stedium" o'tkazilgan Falastin - Avstraliya (0:3) uchrashuvini imkon qadar yoritib borishdi. Bundan tashqari, O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg'ulotini yoritish ham birinchi guruh zimmasida.


Ikkinchi guruh esa Al Ayn shahriga yo'l oldi. Gayrat Xasbiullin, Tolibjon Qosimov, Shahboz Beg'amov va UEFA xodimi hamda "CA"ning Yevropadagi muxbiri hisoblangan Miron Goyxmann janoblari BAAdagi eng muxtasham stadion bo'lmish "Hazza Bin Zayed"ga tashrif buyurdi.


Bugun ushbu arenada Qirg'iziston - Janubiy Koreya bahsi bo'lib o'tadi. Qo'shnilarimiz va Osiyoning eng kuchli jamoalaridan birining to'qnashuvini o'quvchilarimiz uchun yoritib borishga harakat qilamiz. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 (maxalliy vaqt bilan 20:00)da start oladi.

Bu "Hazza Bin Zayed" stadionidagi media markaz.




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia