Burak Yilmaz Turkiya termasidagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
25 mar 2022, 23:33
"Lill" futbolchisi Burak Yilmaz Turkiya termasi tarkibidagi faoliyatini yakunladi.

"Anadolu Agency" nashrining ma'lumotiga ko'ra, o'zi gol urib, penaltida foydalana olmagan Portugaliyaga qarshi o'yindan keyin u terma bilan hayrlashgan.

Yilmaz 2006 yildan buyon terma tarkibida o'ynamoqda. U shu davr mobaynida 77 o'yinda qatnashib, 31 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Anadolu Agency