Bugun Pro-ligada chempion aniqlanishi mumkin

Mirjalol Normatov
15 okt 2023
Bugun Pro-liganing 21-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Yunired" bahsi o'tkaziladi.

Ayni damda turnir jadvali peshqadami bo'lib turgan poytaxtliklar ushbu uchrashuvda g'alaba qozonadigan bo'lsa, liga g'olibligini qo'lga kiritadi.

Shu orqali uchrashuvdan keyin taqdirlash marosimi ham o'tkaziladi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv Marat Bikmaev uchun futbolchilik faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi.

"Lokomotiv" - "Yunired" bahsi 16:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia