Britaniyalik milliarder MYU akciyalarining bir qismini sotib oladi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2023
Jim Retkliff "Manchester Yunayted"ning 25 foiz akciyasini xarid qiladi, deb xabar bermoqda BBC Sport.

Kelishuv noyabr oyida yakuniga etkazilishi kutilmoqda.

Retkliff "Manchester Yunayted"ning minoritar akciyadoriga aylanib, klubga 245 million funt sterling sarmoya kiritadi. Shu bilan birga, u klubdagi futbol jarayonlariga ta’sir o'tkazmoqchi.

Manbalarga ko'ra, Retkliff hozirda "Manchester Yunayted"ga egalik qilayotgan Gleyzerlar ishiga jim qarab turolmaydi – u klub faoliyatida faol ishtirok etishni istaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC Sport