

Oldinroq klub futbolchilari va ijrochi direktor o'rtasida yig'ilish bo'lgani va unda juda katta mojaroli gaplar aytilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.
Olingan xabarlarga ko'ra, MYU sardori Garri Maguayr va himoyachi Lyuk Shou Superliga g'oyasiga keskin qarshilik qilgan va ular Vudvord bilan janjallashib qolishgan.
Aynan ushbu sabab tufayli Vudvord ishdan ketgani aytilmoqda. Hozircha klubdagilar bu borada rasmiy bayonot bilan chiqqanicha yo'q.
Kecha Superliga sababli Joze Mourinyo "Tottenxem"dan ishdan ketgandi.



