"Boboev "Bunyodkor"ga qo'yib ketgan "minalar" portlashda davom etmoqda"

Narzulla Saydullayev
10 dek 2018, 13:23
"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati vakili Abror Imomxo'jaev tvittyerdagi o'z sahifasida quyidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

"Baxtiyor Boboev "Bunyodkor"ga qo'yib ketgan sekin harakatga keluvchi minalari portlashda davom etmoqda. Simonenkodan keyin navbat Lushanga keldi. U 3 yil ichida superjamoani o'rtamiyonaga aylantirishiga qaramay, unga 100 millionga yaqin oylik belgilagan Boboev o'zi ishlayotgan paytda bu pullarni to'lamagan. Mendan keyingilar to'lasin degan. O'sha paytda Boboev va Lushan nimaga kelishishganini faqat yaratgan va o'zlari bilishadi...", - deb yozadi Abror Imomxo'jaev tvittyerdagi o'z sahifasida.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia